Oltita kundalik muammo va ularning yechimi. Pastda Fast-CRM yana nimalarga qodirligini koʻrasiz.
Mijoz Telegramda yozdi, javobsiz qoldi
Yechim
Botingizga yozgan har bir mijoz roʻyxatga tushadi va kerakli xodimga yetib boradi. Javobni shu yerdan yozasiz.
Natija: Javobsiz murojaat yashirinib qolmaydi.
Qarzlar daftarda: kim qancha qarz, aniq bilmaysiz
Yechim
Nasiyaga sotilgan summa qarz daftariga oʻzi yoziladi. Toʻlov kelsa, qoldiq qayta hisoblanadi.
Natija: Kim qancha qarzligini bir qarashda koʻrasiz.
Xodim nima qilyapti, koʻrinmaydi
Yechim
Har bir mijoz, bitim va vazifaning masʼuli va muddati bor. Ish bosqichma-bosqich doskada turadi.
Natija: Qaysi ish qayerda turib qolganini darhol koʻrasiz.
Qoʻngʻiroqlar hech qayerda yozilmaydi
Yechim
Ofis telefon stansiyangiz ulanadi. Har bir qoʻngʻiroq mijoz kartasida qoladi, yozuvini tinglash mumkin.
Natija: Kim qoʻngʻiroq qilgani va nima deyilgani saqlanadi.
Ombordagi qoldiq aniq emas
Yechim
Kassada sotilgan har bir mahsulot ombordan oʻzi chiqariladi. Mahsulot shtrix-kod bilan tez topiladi.
Natija: Omborda nechta qolganini istalgan payt koʻrasiz.
Xodim ketsa, mijozlari ham ketadi
Yechim
Mijozlar, yozishmalar va qoʻngʻiroqlar xodimning telefonida emas, kompaniya bazasida turadi.
Natija: Mijoz bazasi kompaniyangizda qoladi.
Imkoniyatlar
Fast-CRM yana nimalarga qodir
AI qoʻngʻiroq auditori
Fast Meet + AI
Barcha kanallar
Sayt konstruktori + AI
AI yordamchi
Analitika
AI qoʻngʻiroq auditori
Tez kunda
Har bir qoʻngʻiroqni AI eshitadi va baholaydi
Suhbat matnga aylanadi. Kim skriptdan chiqdi, qaysi eʼtiroz javobsiz qoldi, mijoz kayfiyati qanday: rahbar hammasini bir roʻyxatda koʻradi.
Har bir suhbatning matni
Skript va eʼtirozlar tahlili
Mijoz kayfiyati
Fast Meet + AI
Tez kunda
Uchrashuv tugadi: xulosa va vazifalar tayyor
Fast Meetʼda brauzerdan gaplashasiz. AI uchrashuv xulosasini yozadi va vazifalarni masʼul va muddati bilan ochadi.
Video uchrashuv brauzerda
AI yozgan xulosa
Vazifalar masʼul va muddat bilan
Barcha kanallar
Barcha kanallar bitta oynada
Mijoz qayerdan yozmasin, xabar bitta oynaga tushadi va javobsiz qolmaydi. Telegram, email va SMS bugun ishlaydi.
Telegram, email, SMS: hozir ishlaydi
Instagram, WhatsApp, Messenger: tez orada
Sayt konstruktori + AI
Biznesingizni tasvirlang, AI sayt yasaydi
Bir necha gap yozasiz, AI sayt qoralamasini tuzadi, keyin uni kodsiz tahrirlaysiz. Saytdagi formadan kelgan soʻrov darhol CRMga tushadi.
Kodsiz tahrirlash
Oʻz domeningizda
Soʻrovlar CRMga oʻzi tushadi
AI yordamchi
Soʻz bilan ayting, AI sozlab beradi
Jarayonni oddiy soʻz bilan yozasiz, AI avtomatik qoidani tuzadi va xatosini topadi. Mijozga xat qoralamasi va mijoz tarixining xulosasi ham bir bosishda.
Qoidalar soʻz bilan
Xat va xabar qoralamasi
Savol bering, roʻyxat tayyor
Analitika
Har ertalab qaraydigan raqamlaringiz bitta ekranda
Savdo, tushum, qarzlar va voronka konversiyasi kirishingiz bilan koʻrinadi. Kerakli grafikni soʻz bilan soʻrasangiz, AI uni oʻzi tuzadi.
Har xodimga oʻz bosh sahifasi
Voronka va konversiya
Grafikni soʻz bilan soʻrang
Kim uchun
Sohangizga moslab sozlanadi
Har bir sohaning oʻz jarayoni bor. Dastur unga moslashadi, siz dasturga emas.
Doʻkon va chakana savdo
Kassa, ombor va qarz daftari bir-biriga bogʻlangan. Savdo boʻldi, qoldiq va qarz oʻzi yangilanadi.
Ulgurji savdo va distribyutsiya
Buyurtma, taklif va hisob-faktura bitta joyda. Qaysi mijoz qancha qarz, har kuni koʻrinadi.
Oʻquv markazlar va universitetlar
Har bir ariza bosqichma-bosqich kuzatiladi. Qaysi abituriyent bilan gaplashilmagani koʻrinib turadi.
Klinikalar
Qabulga yozilish, qoʻngʻiroqlar va eslatmalar bitta kalendarda.
Xizmat koʻrsatish kompaniyalari
Har bir murojaatning masʼuli va muddati bor, kechikkani darhol koʻrinadi.
Telegram, email va SMS bitta oynaga tushadi, javobni shu yerdan yozasiz. Hech bir murojaat xodimning shaxsiy telefonida qolib ketmaydi.
Telegram bot
Yozgan mijoz darhol roʻyxatga tushadi.
Email
Xat oʻsha mijozning kartasiga oʻzi bogʻlanadi.
SMS
Eskiz yoki Play Mobile orqali eslatma va xabarlar.
Ommaviy xabarlar
Aksiya va yangilikni kerakli mijozlarga bir vaqtda yuboring.
Kassa, ombor va qarzlar
Savdo qildingiz: qoldiq ham, qarz ham oʻzi yangilandi
Sotilgan mahsulot ombordan oʻzi chiqadi, nasiya qarz daftariga oʻzi yoziladi. Kechqurun daftar va kassani solishtirib oʻtirmaysiz.
Tez kassa
Sensorli ekran va shtrix-kod skaneri bilan.
Aniq qoldiq
Har bir savdodan keyin ombor oʻzi yangilanadi.
Qarz daftari
Kim qancha qarz va qachon toʻlagani. Xohlasangiz, SMS eslatma ham.
Payme va Click
Mijozga toʻlov havolasini yuborasiz.
Qoʻngʻiroqlar
Telefon jiringladi: kim ekani ekranda tayyor
Ofis telefon stansiyangiz (Asterisk yoki FreePBX) ulanadi va qoʻngʻiroqda mijoz kartasi oʻzi ochiladi. Har bir suhbat yozib qoʻyiladi.
Kim qoʻngʻiroq qilyapti
Javob berishdan oldin mijozning ismi va tarixi koʻrinadi.
Kompyuterdan qoʻngʻiroq
Alohida telefon apparati shart emas.
Yozuvlar
Kelishuv nima boʻlgani unutilmaydi.
Rahbar uchun
Kim qancha qoʻngʻiroq qilgani bir joyda.
Takroriy ishlar
Har kuni qoʻlda qilinadigan ishni dastur bajaradi
Qoidani bir marta aytasiz: bitim oldinga siljisa, xodimga vazifa, mijozga xabar ketadi. Jarayonni oddiy soʻz bilan yozsangiz, AI qoidani tuzib beradi.
Oʻzi ishga tushadi
Biror narsa oʻzgarganda yoki belgilangan vaqtda.
Xabar va eslatmalar
Mijozga SMS, email yoki Telegram orqali.
Tasdiqlash
Chegirma yoki xarajatni rahbar bir bosishda tasdiqlaydi.
Qanday boshlanadi
Uch qadamda ishga tushadi
1-qadam
2-qadam
3-qadam
1-qadam
Soʻrov qoldirasiz
Ismingiz va telefoningizni yozasiz. Biz qoʻngʻiroq qilib, biznesingiz qanday ishlashini soʻraymiz.
Bir daqiqalik forma
14 kun bepul sinov
2-qadam
Biz sozlab beramiz
Mijozlar roʻyxati, savdo bosqichlari va kerakli boʻlimlarni sizning ish tartibingizga moslaymiz. Excel jadvallaringizni koʻchirishga ham yordam beramiz.
Dasturchi kerak emas
Oʻzbek, rus yoki ingliz tilida
3-qadam
Jamoangiz ishlaydi
Xodimlar telefon yoki kompyuterdan kiradi va birinchi kundan ishlaydi. Siz esa butun biznesni bitta ekranda koʻrasiz.
Keyin oʻzingiz oʻzgartira olasiz
Savollarga yordam beramiz
Qisqacha
Oddiy shartlar
kun bepul sinov
1414
dastur: savdo, ombor, qarz va qoʻngʻiroqlar uchun
11
til: oʻzbek, rus va ingliz
33
yoʻl: bulutda yoki oʻz serveringizda
22
Dastur ichida
Har kuni shunday ekranlarda ishlaysiz
Haqiqiy ekranlar, bezaksiz.
Har bir bitim qaysi bosqichda va har bosqichda qancha pul turgani.
Mijoz haqida hamma narsa: maʼlumot, yozishma va qoʻngʻiroqlar tarixi.
Payme, Click, SMS va boshqa xizmatlarni bir bosishda ulaysiz.
Xavfsizlik
Maʼlumotlaringiz sizniki va faqat kerakli odamga koʻrinadi
Har bir xodim faqat oʻz ishini koʻradi, kim nimani koʻrishini siz hal qilasiz. Xohlasangiz, dastur oʻz serveringizda ishlaydi.
Har kimga oʻz huquqi
Rahbar hammasini, xodim faqat oʻzinikini koʻradi.
Ikki bosqichli kirish
Parol bilan birga telefondagi kod ham soʻraladi.
Har kompaniya alohida
Boshqa kompaniya sizning maʼlumotingizni koʻrmaydi.
Oʻz serveringizda
Maʼlumot kompaniyangizdan tashqariga chiqmaydi.
Narxlar
Faqat kerakli qismiga toʻlaysiz
Narx xodimlar soni va kerakli boʻlimlarga bogʻliq. Soʻrov qoldiring, aniq hisoblab beramiz.
Payme, Click kabi qoʻshimcha ilovalar alohida ulanadi: bir qismi bepul, qolganlari oylik obuna bilan.
Savollar
Biznes egalari koʻp soʻraydigan savollar
Narxi qancha?
Narx xodimlar soni va sizga kerakli boʻlimlarga bogʻliq, shuning uchun har bir biznes uchun alohida hisoblaymiz. Soʻrov qoldiring, aniq narxni aytamiz. Avval 14 kun bepul sinab koʻrishingiz mumkin.
Shartnoma va hisob-faktura berasizmi?
Ha. Bulut xizmati ommaviy oferta asosida ishlaydi, kerak boʻlsa kompaniyangiz bilan alohida shartnoma ham tuzamiz. Toʻlov hisob-varaq boʻyicha bank orqali yoki Payme va Click orqali qilinadi, toʻlovlar uchun hisob-faktura beramiz.
Nechta xodim foydalana oladi?
Xodimlar soni tarifga bogʻliq: narx foydalanuvchilar soniga qarab hisoblanadi. Jamoa kattalashsa, tarifni oshirasiz va yangi xodimlarni darhol qoʻshasiz, maʼlumotlar joyida qoladi.
Internet boʻlmasa ishlaydimi?
Bulutdagi versiya internet orqali ishlaydi: telefon yoki kompyuter brauzeridan kirasiz. Dastur kompaniyangiz serveriga oʻrnatilsa, ofis tarmogʻi ichida ishlaydi. Telegram, SMS va toʻlovlar kabi tashqi xizmatlar uchun baribir internet kerak.
Maʼlumotlarim xavfsizmi?
Har bir kompaniyaning maʼlumoti alohida saqlanadi va boshqalarga koʻrinmaydi. Kompaniya ichida ham kim nimani koʻrishini oʻzingiz belgilaysiz, kirishda ikki bosqichli tasdiqlashni yoqish mumkin.
Maʼlumotlarim qayerda saqlanadi?
Bulut versiyasida: Germaniyadagi maʼlumot markazida (Contabo GmbH serverlari), maʼlumotlar bazasining zaxira nusxasi har kuni olinadi. Oʻz serveringizdagi versiyada: maʼlumot butunlay sizda qoladi. Batafsil maxfiylik siyosatida.
Zaxira nusxa olinadimi?
Ha. Bulut versiyasida maʼlumotlar bazasining zaxira nusxasi har kuni avtomatik olinadi. Oʻz serveringizdagi versiyada zaxira nusxa olishni oʻrnatish paytida birga sozlaymiz.
Oʻz serverimizga oʻrnatsa boʻladimi?
Ha. Litsenziya asosidagi versiya bor: dastur kompaniyangiz serverida ishlaydi va maʼlumotlar sizdan tashqariga chiqmaydi. Oʻrnatishda yordam beramiz.
Qancha vaqtda ishga tushadi?
Bepul sinov uchun ish maydonini soʻrovingizdan keyin ochib beramiz. Toʻliq sozlash muddati jarayonlaringiz hajmiga bogʻliq: demo paytida aniq reja va muddatni aytamiz.
Excel yoki 1C dagi maʼlumotlarni koʻchirsa boʻladimi?
Ha. Excel jadvalini CSV qilib saqlab, mijozlar, mahsulotlar va boshqa roʻyxatlarni yuklaysiz: ustunlarni moslab, natijani oldindan koʻrasiz. 1C bilan bogʻlash uchun tayyor modul bor. Koʻchirishda yordam beramiz.
Dasturchi yollashim kerakmi?
Yoʻq. Boshlashda biz sozlab beramiz, keyin yangi boʻlim, ustun yoki bosqichni oʻzingiz sozlamalardan qoʻshasiz.
Instagram va WhatsApp ham ulanadimi?
Hozircha Telegram, email va SMS ulanadi. Instagram, WhatsApp va boshqa kanallar ustida ishlayapmiz; tayyor boʻlganda shu yerda yozamiz.
Payme va Click bilan ishlaydimi?
Ha. Payme yoki Click ulanadi va mijozga toʻlov havolasini yuborasiz.
Qoʻngʻiroqlarni ulash uchun nima kerak?
Ofisingizda Asterisk yoki FreePBX telefon stansiyasi boʻlsa yetarli. Uning yoniga kichik dastur oʻrnatamiz va qoʻngʻiroqlar CRMda koʻrina boshlaydi.
Yordam qanday olinadi?
Savolingizni info@fastcrm.uz manziliga yozing yoki shu sahifadagi forma orqali qoldiring: tez orada javob beramiz. Ishga tushirishda sozlash va maʼlumotlarni koʻchirishda yordam beramiz.
Ketmoqchi boʻlsam, maʼlumotlarimni olib keta olamanmi?
Ha, maʼlumotlar sizniki. Istalgan roʻyxatni istalgan vaqtda CSV faylga yuklab olasiz. Xizmatdan voz kechsangiz, barcha maʼlumotlaringizni toʻliq eksport qilib beramiz, keyin ular serverdan oʻchiriladi.
IT boʻlimingiz uchun
Texnik tafsilotlar
Bu qismni IT mutaxassisingizga koʻrsating.
Kodsiz sozlanadigan model
Obyektlar, 43 turdagi maydonlar, statuslar va sahifa koʻrinishi sozlamalardan oʻzgaradi.
Avtomatlashtirish
Vizual kanvas: 20 xil trigger, 18 tayyor amal.
API va webhooklar
Cheklangan huquqli API kalitlari va soʻrovlar jurnali.
Kirish nazorati
Rollar, maydon darajasidagi huquqlar va ABAC qoidalari.
SSO va 2FA
Google, Microsoft yoki istalgan OIDC provayder.
On-prem litsenziya
Mijoz versiyasi oʻz serveringizda, PostgreSQL ustida ishlaydi.
AI provayderi
Istalgan LLM provayderini ulash mumkin.
1C va import
Oʻrnatilgan 1C moduli va CSV import.
Boshlash
Biznesingizda qanday ishlashini koʻrsatamiz
Soʻrov qoldiring: qoʻngʻiroq qilib, demo koʻrsatamiz yoki 14 kunlik bepul sinovni ochib beramiz.